Hafta oxirida O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi

Foydali

image

O‘zgidromet hafta oxirida, ya’ni 26-28 yanvar kunlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 26-27 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,28 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 27 yanvarda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 26-27 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 28 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 27 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 26 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 27 yanvarda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 27 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 28 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 27 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 27 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 28 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 27 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq; 27 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 yanvarda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 27 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 28 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing