Hafta oxirida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

−

image

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari 10-15 daraja, kunduz kunlari 25-27 daraja, janubda va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida 29-32 darajagacha bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ertaga, 10 oktyabrda kechqurun respublikaning g‘arbiy hududlariga nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Joriy yilning 11 oktyabr kuni nam havo massalari O‘zbekistonning qolgan hududlariga tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida cho‘l hududlarda va respublika janubida, kechqurun markaziy hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Ko‘pchilik viloyatlarda iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida harorat 18-23 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda 9-11 oktyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11 oktyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 13-15 daraja, kunduz kunlari 25-27 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet joriy yilning 1-12 oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing