Hafta oxirida havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
16 Oktabr 2020
14561Bugun va dam olish kunlari xorijiy janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, O‘zbekiston hududida ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Bu haqda Meteorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Havo harorati kechasi 8-10 daraja atrofida, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan 4-5 darajaga yuqoridir.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda oktyabr o‘rtasining ob-havosi har xil bo‘ladi.
Shunday 2012, 2016 va 2018 yillarda kechasi havo harorati ayozlargacha pasaygan, kunduzi esa termometr ustunchasi 6-8 daraja iliqdan ko‘tarilmagan.
2008, 2010, 2011, 2017 yillarda oktbr o‘rtasida eng issiq ob-havo kuzatilgan – kunduzi harorat 28-30 darajaga ko‘tarilgan. Oktyabrning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordi 32-34 darajani tashkil etadi.
Ertaga Respublika bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 23-25° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.