Hafta oxirida havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta oxirida O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Havo harorati kechalari 7-12° iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 21-26° iliqgacha isiydi. Ushbu harorat shu kunlarning ko‘p yillik qiymatlaridan 2-3° ga yuqori bo‘ladi.

Kavkaz hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi natijasida yakshanba kuni haroratning pasayishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-12° iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17-22° iliqdan yuqori va me’yordan 2-3° past bo‘ladi.

Shu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

638

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing