Hafta davomida yomg‘ir yog‘adimi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 10 may kuni O‘zbekistonning barcha hududlari Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin va nam havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Hududlarning katta qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni kunning me’yoriy qiymatlaridan 3-4 darajaga kam bo‘ladi va 20-25 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Ertaga, 11 may kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kun davomida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Payshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga yana nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, bunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 may kuni nam va salqin havo massasi mamlakatning barcha hududlarini kamrab oladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Shimolda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 12-17 darajani, kunduz kunlari 12 mayda 23-28 darajani tashkil etadi, 13 mayda yomg‘ir paytida 21-26 darajagacha pasayadi.

Hafta davomida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

441

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing