Hafta davomida O‘zbekistonga anomal sovuq havo keladi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda ob-havo sharoitini hali ham markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Kechalari -5...-10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida -12...-17 darajagacha sovuq bo‘ladi. Hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0-5 daraja sovuqdan oshmaydi. Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8-10 darajaga past bo‘ladi.

Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi. Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo anomal sovuq

Baholaganlar

1509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing