Hafta davomida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
21 dekabr 2020
23838Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda bir hafta mobaynida kuzatilishi kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
21-22 dekabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo sharoitini dam olish kunlari kirib kelgan quruq va deyarli sovuq antitsiklon havo massalari belgilaydi. Barcha viloyatlarda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 7 daraja iliqqacha bo‘ladi.
23 dekabrda Kavkaz hududlaridan kirib kelgan biroz nam havo massalari respublika hududlari bo‘yicha siljiydi. Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat markaziy hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
24-25 dekabrda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib keladi. Havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari 7-12 darajagacha isiydi.
Hududlarning ko‘p qismida shu kunlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat, Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25 dekabrda janubiy siklon kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi