Hafta davomida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

Bu qiziq

image
Dunyoda neft narxi “qulashi”dan avval Putin “yopiq yig‘ilish” o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi north_east

Dunyoda neft narxi “qulashi”dan avval Putin “yopiq yig‘ilish” o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi

Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta davomida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi shimoliy Ural rayonlaridan kirgan antitsiklonning nisbatan sovuq chegarasi ta’sirida bo‘ladi. Butun respublika bo‘yicha ob-havoning quruq va asosan quyoshli bo‘lishi kutilmoqda.

Antitsiklon chegarasining ta’siri natijasida tunda havo soviydi va 2-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta-sekin isitadi va harorat 12-15 darajagacha iliydi, bu mart oyinining birinchi yarmi uchun o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga yaqindir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 martda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 12 martda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja; 13 martda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 14 martda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 martda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja; 13 martda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 14 martda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13 martda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja; 14 martda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 martda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja; 12-13 martda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi 13-18° iliq; 14 martda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 martda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; 12-14 martda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 11 va 14 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-13 martda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 11-13 martda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 martda kechasi -5...0 daraja, kunduzi +2...+7 daraja, 12-14 martda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 12-13 martda +2...+7 daraja, 14 martda +5...+10 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing