Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy yilning 2-5 sentyabr kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 sentyabrda +12...+17 daraja, 5 sentyabrda +8...+13 daraja, kunduzi 2 sentyabrda +25...+30, 3-5 sentyabrda +20...+25 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda +12...+17 daraja, 3-4 sentyabrda +15...+20 daraja, kunduzi 2-3 sentyabrda +28...+33 daraja, 4-5 sentyabrda +23...+28 darajagacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda +12...+17 daraja, 3-4 sentyabrda +15...+20 daraja, kunduzi 2-3 sentyabrda +27...+32 daraja, 4-5 sentyabrda +23...+28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda +13...+18 daraja, 3-5 sentyabrda +15...+20 daraja, kunduzi 2-3 sentyabrda +30...+35 daraja, 4-5 sentyabrda +28...+33 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3-5 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3 sentyabrda +13...+18 daraja, 4-5 sentyabrda +15...+20 daraja, kunduzi 2-3 sentyabrda +25...+30 daraja, 4-5 sentyabrda +23...+28 daraja bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, 2-3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda +10...15 daraja, 3-5 sentyabrda +8...13 daraja, kunduzi 2-3 sentyabrda +17...22 daraja, 4-5 sentyabrda +15...+20 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing