Hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Bu qiziq
−
10:59 618 1 daqiqa
Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat foni iqlim me’yoriga mos bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hafta boshida havo harorati kechalari 5-10 daraja iliqni, kunduz kunlari 20-25 daraja iliqni tashkil etadi. Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlashadi, kechalari termometr ustuni 3-8 darajagacha, kunduz kunlari 17-22 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Shuningdek, Toshkentda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Joriy yilning 19-20 oktyabrida kunduz kunlari havo harorati 23-25 darajani tashkil etadi, 21-22 oktyabrda 20-22 darajagacha pasayadi. Ertaga, 20 oktyabrga o‘tar kechasi harorat 10-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, biroq joriy yilning 22 oktyabriga kelib, 6-8 daraja iliqqacha pasayadi.
Live
Barchasi