Hafta davomida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

Oldingi hafta oxirida, sovuq ob-havoni vujudga keltirgan antitsiklonning sovuq pereferiyasi ta’siri pasaya boshladi.

Ertaga, 26 yanvarda respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari quyosh havo haroratini +3...+8 iliqgacha ko‘taradi, kechalari esa -3...-6 daraja atrofida, ba’zi joylarda -8 daraja bo‘lishi saqlanib turadi.

Keyingi kunlarda respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari 0...+3 daraja, kunduz kunlari +12...+15 bo‘ladi, bu iqlim me’yorlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.

25-27 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

587

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing