Hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
17 iyul 2023
15193Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha haroratni nisbatan o‘zgarib turishi kutilmaydi. Haftaning boshi biroz issiq, kunduz kunlari 35-40 daraja atrofida, janubdagi ba’zi joylarda 42-44 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Hafta o‘rtasidan harorat 33-38 darajagacha biroz pasayishi kutilmoqda. Respublika janubida ham harorat 2-3 darajaga pasayadi.
Ushbu hafta davomida mamlakat hududining katta qismi bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respubikasi va Xorazm viloyatida bugun, 17 iyulda va 18 iyulga o‘tar kechasi, shuningdek 19-21 iyul kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17-18 iyul kunlari shimolda va cho‘l hududlarida, 19-20 iyul kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxt Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyulda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat asosan kunduz kunlari 37-40 daraja, so‘ngra ish haftasining oxirigacha 36-38 daraja issiq bo‘ladi.