Hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
13 may
13253O‘zgidromet O‘zbekiston hududida 15-17 may kunlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 15 mayda 28-33 daraja bo‘ladi, 16-17 mayda 23-28 daraja gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 15 mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 16-17 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 15 mayda 30-35 daraja, 16-17 mayda 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 mayda ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 va 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 15 mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, ba’zi joylarda 38 daraja gacha; 16-17 mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15 va 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 va 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 16 mayda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 17 mayda kechasi 8-13o, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi