Hafta davomida qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari kuzatilgan yomg‘irli va salqin ob-havodan so‘ng 20-22 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.

Faqat Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bugun, 20 mayda kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

23-24 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Ushbu kunlarda harorat ko‘tariladi va haftaning o‘rtasiga kelib 24-29 daraja, janubda 30-32 darajaga yetadi.

22-23 may kunlari cho‘l hududlarda, 24 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 20-24 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi saqlanib turadi.

Toshkent shahrida bugun, 20 mayda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 22-24 daraja iliq bo‘ladi. 21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 25-27 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing