Hafta davomida ba’zi joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin – O‘zgidromet

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyi uchun nisbatan qulay ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Havo harorati kunduz kunlari asosan 31-34 daraja atrofida bo‘ladi, bu avgust oyining birinchi yarmi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan biroz pastdir. Faqat haftaning eng oxiriga kelib, harorat 35-38 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Respublikaning janubida va cho‘l zonalarida ayrim kunlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha chang-to‘zon bilan kuchayishi kutilmoqda.

8 avgustda Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing