Hafta boshida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutyapti?
Bu qiziq
−
15:17
7145O‘zgidromet 16-18 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha; kunduzi 0-5 daraja sovuq, 17 dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 18 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 17 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 18 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 17 dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha , kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 18 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 17 dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 18 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 17 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliq, 18 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-17 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq; 18 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 17-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 dekabrda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 dekabrda kechasi 15-20 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi 8-13 daraja sovuq; 17 dekabrda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq, 18 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi