Hafta boshida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotgani aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 1-3 sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 sentyabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 2-3 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 2-3 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi. 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 sentyabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 1 sentyabrda 30-35 daraja, 2-3 sentyabrda 28-33 daraja bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 sentyabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 1 sentyabrda 32-37 daraja, 2-3 sentyabrda 30-35 daraja bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 sentyabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 1 sentyabrda 30-35 daraja, 2-3 sentyabrda 28-33 daraja bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 sentyabrdan ba’zi joylarda 15-20 m/s kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 sentyabrda 11-16 daraja, 3 sentyabrda 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing