Hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zgidromet 7–9 iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-8 iyulda 18-23 daraja, 9 iyulda 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 7 iyulda kechasi 25-30 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 8 iyulda kechasi 25-30 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 9 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 7 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 8 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 9 iyulda kechasi 20-25 daraja,  kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-8 iyulda 25-30 daraja, 9 iyulda 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 7 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 8 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 9 iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-8 iyulda 17-22 daraja, 9 iyulda 15-20 daraja, kunduzi 7 iyulda 28-33 daraja, 8-9 iyulda 25-30 daraja bo‘ladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing