Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 9-12 sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-10 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja, 11-12 sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-10 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 11 sentyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 12 sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-10 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 11-12 sentyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9 sentyabrda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja,  10 sentyabrda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, ba’zi joylarda 38 daraja gacha bo‘ladi, 11-12 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10-12 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-10 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 11-12 sentyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9-10 sentyabrda Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9 sentyabrda 12-17 daraja, 10-11 sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing