Hafta boshida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

“O‘zgidromet” O‘zbekiston hududida 19-21 may kunlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 20 mayda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 va 21 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 va 21 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 va 21 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 19 mayda 18-23 daraja, 20-21 mayda 22-27 daraja bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 17-22 daraja, 20-21 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 20-21 mayda kechasi 11-16  daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19 mayda 13-18 daraja, 20-21 mayda 11-16  daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 9-14 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing