Habib yilning eng yaxshi sport yulduzi bo‘ldi

Sport

image

Yengil vaznda UFC chempioni rossiyalik sportchi Habib Nurmuhamedov BBC talqiniga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi sport yulduzi” deb topildi

“Yilning eng yaxshi sport yulduzi” unvoniga munosib ko‘rilgan Habib ovoz berish jarayonida ustundan sakrash bo‘yicha shved sportchisi Arman Duplantis, amerikalik basketbolchi Lebron Jeyms, amerikalik golfchi Dastin Jonson, fransuz futbolchisi Vendi Renar va irlandiyalik bokschi Keti Teylorni mag‘lub etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Nurmuhamedov joriy yilning 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Habib Nurmuhamedov Toshkentga kelgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Habib sport yulduzi

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing