Habib yengil vazn chempionlik jangi uchun o‘z tahminini bildirdi

Sport

image

UFCning yengilmas sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov yengil vazn toifasidagi chempionlik jangida ishtirok etuvchi Dastin Pore va Charlz Oliveyraning imkoniyatlarini baholadi.

“Menimcha, agar Pore o‘zi aytganidek, zarbalar seriyasi bilan ishlashga muvaffaq bo‘lsa, menimcha, u g‘alaba qozonadi. Ammo darhol oldinga tashlanib, ish partergacha yetib borsa, Oliveyrada imkoniyat paydo bo‘ladi. Men kardio va chidamlilik tufayli “olmos”ning imkoniyati yuqoriroq degan bo‘lardim. Bu mening shaxsiy fikrim. Lekin Charlz juda xavfli raqib va   ayni damda u haqli ravishda chempion. Shunday bo‘lsa-da, uning 9 ta jangdan iborat g‘alabali seriyasi bor, u Toni Fergyusonni mag‘lub et”, deydi Habib.

Eslatib o‘tamiz, Habib faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. U Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, 2020 yilning oktyabr oyida MMA’dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan. Habib onasiga birinchi murabbiyi va otasi Abdulmanap Nurmuhamedov vafotidan keyin boshqa jang qilmaslikka va’da berganini ta’kidladi. Shundan so‘ng, UFC prezidenti Dana Uayt bir necha bor uni oktagonga qaytishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan, lekin barcha takliflari rad etilgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 dekabr kuni amerikalik Pore va braziliyalik Oliveyra o‘rtasidagi yengil vazn chempionlik jangi UFC 269 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Por'e MMA Oliveyra

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing