Habibning navbatdagi jangi sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

UFC chempioni Habib Nurmuhamedov vaqtinchalik chempion Jastin Getji bilan sentyabr oyida jang qiladigan bo‘ldi. Jang AQSHning Nevada shtatida o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga qaraganda chempionlik kamari uchun bo‘ladigan bellashuv 19 sentyabr kuni Nevada shtatidagi “UFC Apex” arenasida tashkil etiladi.

Agarda Habib Toni Fergyuson bilan bo‘lgani kabi jangda qatnasha olmasa, Getjiga Dastin Pore raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji joriy yilning may oyida habibning o‘rniga Toni Fergyuson bilan jang qilib, uni yengdi va Habib bilan kuch sinashish huquqini qo‘lga kiritdi. Amerikalik jangchi MMAda 22 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

31 yoshli Habib Nurmuhamedov MMA janglarida 2008 yildan buyon qatnashib kelmoqda. Habib faoliyati davomida 28 ta uchrashuvning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan.

Ma’lumot uchun, odatda Habibni bellashuvlarga otasi Abdulmannap Nurmuhamedov ham tayyorlardi. Lekin yaqinda tajribali murabbiy koronavirus infeksiyasiga chalinib, vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Jastin Getji

Baholaganlar

848

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing