Habib Toshkentga qachon kelishini ma’lum qildi

Sport

image

UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmuhamedov  shu yilning 23 noyabr kuni O‘zbekistonga keladi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram`dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Assalomu alaykum, O‘zbekiston. Alloh xohlasa, 23 noyabr kuni Toshkentdagi #GFC20 musobaqasida qatnashaman. Tez orada ko‘rishamiz, hammaga salomatlik va omad, deb yozadi Nurmuhammedov.

Joriy yilning 23 noyabr kuni poytaxtdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. Bu sport bo‘yicha O‘zbekistonda hali professional musobaqa o‘tkazilmagandi.

Kechaning markaziy jangida Habib Nurmuhamedovning amakivachchasi Umar Nurmuhamedov o‘zbekistonlik Amin Ergashev bilan chempionlik kamari uchun jang qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Toshkentga

Baholaganlar

136

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing