Habib PSJ bilan shartnoma imzolashi mumkin
Sport
−
15 Oktabr 2023
14496Dog‘istonlik sobiq UFC jangchisi Habib Nurmuhammedov Fransiyaning PSJ futbol klubining MMA loyihasi rahbari etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda futbol, gandbol va dzyudo bo‘yicha jamoalarga ega bo‘lgan “Pari Sen-Jermen” o‘z tarkibiga 4-sport turini ham qo‘shib olmoqchi. Ya’ni PSJ endilikda aralash jang san’atlari bilan shug‘ullanadigan MMA tizimini ham joriy qilish istagida.
“Hozirda ushbu loyihani PSJning dzyudo yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan Jamil Buras o‘rganib chiqmoqda”, deyiladi xabarda.
Mazkur loyihaga Nurmuhammedovni jalb qilish tashabbusini klub prezidenti Nosir Al-Xelayfining shaxsan o‘zi ilgari surayotgan bo‘lishi mumkin. Chunki sobiq sportchining qatarlik amaldor bilan aloqalari ancha yaxshi.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmuhammedov (29-0) professional faoliyatini 2020 yilning oktyabr oyida yakunlagan. U hozirda marhum otasining o‘rniga uning shogirdlarini tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, Habib bir vaqtning o‘zida Eagle FC promoushenining ham hammuassisi hisoblanadi.
LiveBarchasi