Habib otasi yoqtirgan futbolchi kimligini aytdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedov otasi Abdulmannop Nurmuhamedovning sevimli futbolchisi kim ekanini aytdi.

Habibga ko‘ra, katta Nurmuhamedov niderlandiyalik futbolchi va murabbiy Klarens Zeyedorfga muxlis bo‘lgan. 

Habib Instagram tarmog‘idagi sahifasiga Zeyedorf bilan birgalikdagi suratini joylagan. 

“Bu yigit otamning eng yaxshi ko‘rgan futbolchisi edi. Siz bilan tanishganimdan xursandman, do‘stim, Klarens Zeyedorf”, deb yozgan Habib surat ostiga. 

Abdulmannop Nurmuhamedov 2020 yil 3 iyul kuni vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov 2020 yilning 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

Abdulmannop Nurmuhamedov

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar