Habib otasi uchun oktagonga qaytadimi?

Sport

image

Rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmuhamedov otasi uchun oktagonga qaytishi va 30-g‘alabasini ham qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda UFC Prezidenti Dana Uayt gapirdi.

"Men Habib bilan suhbatlashdim. U oxirgi jangidagi g‘alabasidan so‘ng kuchli hayajonda bo‘lgan. Men Habib yana oktagonga qaytib, hisobini 30-0 ga tenglashtirib qo‘yadi, deb o‘ylayabman. Menimcha, u butunlay ketmadi. Uning otasi ham 30-0 hisobini xohlagan. Habib aynan o‘sha xohishni amalga oshirish uchun qaytib kelishi mumkin", degan Uayt.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 3 iyul kuni katta Nurmuhamedov 57 yoshida vafot etdi. Unga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi

Habib Nurmuhamedov UFC’dagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.


Maqola muallifi

Teglar

MMA

Baholaganlar

647

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing