Habib Nurmuhamedov o‘zbekistonlik jangchi-qizga omad tiladi

Sport

Rossiyalik aralash yakkakurash bo‘yicha MMA jangchisi, UFC chempioni Habib Nurmuhamedov o‘zbekistonlik sportchi Liliya Shakirovaga bo‘lajak bellashuvda omad tiladi.

Bir necha kundan so‘ng, 24 oktyabrda Liliya Shakirova UFC-254 turnirida ishtirok etadi, uning raqibi – amerikalik Loren Merfi.

Habib Nurmuhamedovning o‘zi esa amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Nurmagomedov aralash yakkakurash yo‘nalishidagi karerasida 28 jang o‘tkazdi, ularning barchasida g‘alaba qozondi.

Getji esa 22 ta jangda g‘alaba qozonib, 2 ta jangda mag‘lubiyat alamini tortdi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

863

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing