Habib Nurmuhamedov: “Toni Fergyuson, men seni ko‘cha jangida yeb tashlayman”

Sport

image

Joriy yilning 6 martdan 7 martga o‘tar kechasi Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Habib Nurmagomedov o‘z fikrini bildirdi.

"Ko‘cha jangida Toni Fergyusonni yeb tashlayman. U hech qachon ko‘chada jang qilmagan. Toni sen amerikaliksan, meksikalik emas. Amerika ko‘chalarida jang qila olmaysan. Men chindan ham tog‘likman. Ko‘cha jangida seni mag‘lub etaman. Men qayerdan ekanligimni barcha yaxshi biladi. Hammaning ko‘z o‘ngida ayt, sen qachon ko‘chada jang qilgansan? Odamlarga to‘g‘risini ayt. Hech qachon ko‘chada jang qilmagansan", dedi Habib matbuot anjumanida. 

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov UFC'dagi professional faoliyati davomida 28 marotaba oktagonga ko‘tarilgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 8 ta jangda Habib raqiblarini nokautga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang joriy yilning 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Toni Fergyuson

Baholaganlar

603

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing