Habib Nurmuhamedov koronavirusga chalindi
Sport
−
14 yanvar 2022
7292Yengil vazn toifasida Ultimate Fighting Championship (UFC) chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedovning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 33 yoshli sportchi ayni vaqtda Singapurdagi mehmonxonalardan birida karantinga olingan.
Eslatib o‘tamiz, “Burgut” faoliyatidagi so‘nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Jangdan so‘ng, Habib MMA’dagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Nurmuhamedov karerasida 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi