Habib MMA'ga qaytishga yaqin – uning sobiq murabbiyi 

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov oktagonga qaytishi mumkin. Bu haqda uning MMA'dagi murabbiyi Xaver Mendes ma’lum qildi.

“Dana Uayt Habibni qaytarishga ko‘ndirish uchun qattiq harakat qildi, hatto bunga yaqinlashdi. Dana uni pul bilan alday olmasligini tan oldi, endi boshqa yo‘l qidirib ko‘rishi kerak”, deydi Mendes.

Shuningdek, murabbiy Habibning qaytish ehtimoli yuqori ekani va UFC prezidenti bunga har tomonlama yaqin turganini ta’kidlagan.

“Agar bu tashkilotda yana kimdir Habibni hayratda qoldirsa, ehtimol u yana UFC oktagonida chiqish qilar”, deydi dog‘istonlikning murabbiyi.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmuhammedov MMA'da 29 ta professional jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Otasining vafoti esa keyinchalik uning sportdagi faoliyatini yakunlashiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dana Uayt Xav'er Mendes Habib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made