Habib men bilan urishsa uyiga qayta olmasligini yaxshi biladi – Fergyuson
Sport
−
14 dekabr 2023
11346Bugun, 14 dekabr kuni yengil vazndagi amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson Habib Nurmuhammedov haligacha undan qochib yurganini aytib o‘tdi. Bu haqida “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
“Men bu dog‘istonlikdan haligacha javob kutyapman. Ochig‘i menda uning mamlakatidagi boshqa odamlarga nisbatan hech qanday adovat yo‘q. Gap din yoki shunga o‘xshash boshqa narsalar haqida ham emas. Menda bu bolaning raqami bor, lekin u qo‘ng‘irog‘imga javob bermayapti. Chunki u biz jang qilsak, u yutqazib qo‘yishini va uyiga qayta olmasligini yaxshi biladi", deydi Fergyuson.
Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhammedov o‘zining so‘nggi jangini 2020 yilning kuzida o‘tkazib, amerikalik Jastin Getjini mag‘lub etgan edi. Jangdan so‘ng darhol u professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qilib, onasiga "otasisiz oktagonga chiqmaslikka va’da bergani"ni aytdi. Faoliyatini tugatganidan so‘ng Habib “Eagle FC” promouterlik kompaniyasiga asos soldi.
E’tiborlisi, dog‘istonlik sportchi MMA'da 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 2021 yilda “Ijtimoiy fikr” jamg‘armasining so‘rovi natijasiga ko‘ra, Habib sport olamidagi "Yil odami" deb topilgan.
Shuningdek, UFC besh marta ( 2015 , 2016, 2017, 2018, 2020 yillarda) Habib Nurmuhammedov va Toni Fergyuson o‘rtasida jang tashkil etishga urinib ko‘rgan, ammo har safar jang bekor qilingan.