Habib Lomachenkoga omad tiladi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenkoning Richard Kommi bilan jangiga bag‘ishlagan postiga izoh qoldirdi.

“Afsonaga omad tilaymiz va birgalikda qayg‘uramiz”, deya yozgan Nurmuhamedov.

Eslatib o‘tamiz, Lomachenko va Kommi o‘rtasidagi jang joriy yilning 11 dekabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Vasiliy Lomachenko so‘nggi jangini joriy yilning iyun oyida yaponiyalik Masayoshi Nakataniga qarshi ringga ko‘tarilgan va 9-raundda uni nokautga uchratgan edi. Kommi esa 2021 yilning fevralida dominikanlik Jekson Martinesni nokaut evaziga taslim qilgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Boks Habib MMA Lomachenko Kommi

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing