Habib ligasini sotmaydi
Sport
−
25 mart 2023 12551 1 daqiqa
Ultimate Fighting Championship (UFC) sobiq chempioni Habib Nurmuhammedov Eagle FC (EFC) MMA ligasini sotish niyatida emas. Bu haqda joriy yilning 23 mart kuni EFC prezidenti Shamil Zavurov TASSga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bizga yaxshigina mablag‘ga ega jiddiy sherik kerak. Liga yopilmagan, nima qilishni o‘ylab ko‘ramiz. Agar u yopilgan bo‘lsa, buni e’lon qilgan bo‘lardik. Ligani sotmaymiz” deydi Zavurov.
Nurmuhammedov Eagle FC (EFC)ni 2020 yilda sotib olgan. O‘sha yili u Ultimate Fighting Championship (UFC)dagi faoliyatini yakunlagandi. UFC'dagi oxirgi jangini Habib 2020 yilning 24 oktyabr kunida Abu-Dabida amerikalik Jastin Getjiga qarshi o‘tkazib, ikkinchi raundda raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etgandi.
Live
Barchasi