Habib Konorning jangiga tashrif buyuradimi?
Sport
−
21 yanvar 2021
8888UFC'ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni Habib Nurmuhamedov UFC 257 turniriga borishdan bosh tortdi. Bu haqda "Bloody Elbow" xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, UFC 257 turniri joriy yilning 24 yanvar kuni Abu-Dabidagi (BAA) "Janglar oroli"da bo‘lib o‘tadi.
Turnirning asosiy voqeasi irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor va amerikalik MMA jangchisi Dastin Porening jangi bo‘ladi.
Avvalroq, Makgregor Nurmuhamedovni jangga chorlagani haqida xabar bergandik.
Joriy yil 16 yanvar kuni Nurmuhamedov UFC Prezidenti Dana Uayt bilan bo‘lgan suhbatida o‘z faoliyatini qayta boshlashga tayyor ekanligini e’lon qilgan va buning uchun shart qo‘ygandi.
Habib Nurmuhamedov va Konor Makgregor o‘zaro 2018 yilda to‘qnash kelishgan. O‘sha jangda Konor “Dog‘iston burguti”ga qarshi uch daqiqa chidab berib, mag‘lub bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov 2020 yil 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, sportdagi faoliyati yakunlanganini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi