Habib Qozog‘istonga boradi
Sport
−
16 avgust 2023
3323Rossiyalik sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov Qozog‘istonga safar qiladi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
Nurmuhammedov 19-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan sportning Greppling turi bo‘yicha xalqaro turnir uchun Olmaotaga boradi. Habib musobaqa faxriy mehmonlari safida bahslarni tomosha qiladi.
Manbaga ko‘ra,chempionatda Qozog‘iston, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Avstraliya, Turkiya, Braziliya va Janubiy Afrika sportchilaridan iborat eng kuchli to‘rtta jamoa yarim finalga chiqish uchun kurash olib boradi.
Turnir Baluan Sholak nomidagi Olmaotadagi sport saroyida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmuhammedov Dog‘istondagi portlashda halok bo‘lganlarning oilasiga hamdardlik bildirgandi.
14 avgust kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Dastlab avtoservis binosi yonib ketgan, keyin olov yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan va kuchli portlash yuz bergan. Portlashdan deyarli 4 soat o‘tib yong‘in o‘chirilgan.
LiveBarchasi