“Ha haromi, iflos, it”. Maktab o‘qituvchisi o‘quvchilar oldida nomaqbul so‘zlar ishlatdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 10 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi maktablarning birida uquvchilarning tadbir uchun she’r aytayotgani va to‘satdan uqituvchi “ha haromi, ha iflos, it” deya jahl qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 7 dekabr kuni Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 3-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflaridan birida yuz bergan. 

Maktabda o‘tkaziladigan madaniy tadbirga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tayyorlayotgan o‘qituvchi N.R. bolalarni videoga olish vaqtida uyali aloqa vositasining quvvati tugash signalini berganidan jahli chiqib, “haromi, iflos, it” degan so‘zlarni ishlatgan. .

“Shu o‘rinda Xalq ta’limi vazirligi barcha ustoz-pedagoglardan ustozlik kasbi sharafli va ulug‘ kasb ekani, har bir pedagog yosh avlodni aqlan hamda jismonan barkamol etib tarbiyalash kabi mas’uliyatli vazifani bajarishda ustozlik nomiga dog‘ tushirmaslikni va odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini talab qiladi”, deyiladi habarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3547

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing