Hindiston Oyga raketa uchirdi (video)

Olam

image

Bugun, 14 iyul kuni Hindiston kosmik agentligi Oyga “Chandrayaan-3” raketasini uchirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, missiya moduli Oy roverini Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga olib chiqadi. U oyning sirtini tahlil qiladi. Ta’kidlanishicha, Oy roverining missiyasi 14 kunga mo‘ljallangan.

"Ushbu ajoyib missiya xalqimizning umidlari va orzularini amalga oshiradi", deydi mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi Twitter sahifasida.

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Chandrayaan-3” qo‘nish moslamasi, harakatlantiruvchi modul va roverdan iborat. Uning maqsadi Oy yuzasiga xavfsiz qo‘nish, ma’lumotlarni to‘plash va Oy tarkibi haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun bir qator ilmiy tajribalar o‘tkazishdir.

Hindiston bu vaqtgacha ushbu missiyani ikki marotaba – 2008 va 2019 yillarda amalga oshirgan. O‘shandan beri Hindiston Chandrayaan missiyasiga 75 million dollar sarflagan.

Faqat uchta boshqa davlat – AQSH, Rossiya va Xitoy kosmik kemani Oy yuzasiga yumshoq qo‘nishga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston raketa Chandrayaan-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made