Hindistonda ikki yildan beri hibsda bo‘lgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Uch nafar o‘zbekistonlik ayol Hindiston-Nepal chegarasining Bihar shtati hududidan noqonuniy tarzda o‘tayotgan paytda qo‘lga olingani va mamlakatdan deportasiya qilinishi haqida xabar qilgandik. Mazkur voqealardan keyin ayollar diplomatiya missiyasi ko‘magida O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” Axborot agentligi xabar berdi

Ma’lum bo‘lishicha, Arariya shahridagi birinchi instansiya sudi 2022 yil avgust oyida o‘zbekistonlik uch nafar ayolni mamlakat hududidan chiqarib yuborish (deportatsiya qilish) to‘g‘risida chiqargan qaroriga qaramasdan turli byurokratik to‘siqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli haligacha ushlab turilgan bo‘lgan.

Ammo fuqarolar hamda ularning yaqinlari tomonidan o‘z vaqtida ushbu masala yuzasidan tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilinmagan.

Shundan so‘ng, O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi tomonidan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va Bihar shtatining tegishli idoralari bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar o‘tkazilgan. Vaziyat nazoratga olinib, ularga tegishli konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatilgan ham ayollar diplomatiya missiyasi ko‘magida vatanga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing