Hindiston va Xitoy harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning tog‘li Himolay mintaqasida, Sikkim shtatidagi Naku-La dovonida hind va xitoy chegara qo‘shinlari harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda “Latestly” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Xalq ozodlik armiyasining harbiylari Hindiston hududiga bostirib kirishga urinishgan, hind harbiylari ularni to‘xtatgan. To‘qnashuv natijasida 20 nafar xitoy va to‘rt nafar hind askari jarohatlangan.

Hozirda mazkur hududda vaziyat nazoratga olingan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hali ochiqlanmagan.

To‘qnashuv haqida ma’lumot Hindiston va Xitoy quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari muzokaralar olib borganidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘ldi. Tomonlar chegara hududlaridan qo‘shinlarni olib chiqish masalalarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy-Hindiston

Baholaganlar

757

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing