Hasanboy Do‘smatov professional boksda xitoylikka qarshi debyut qiladi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi, 2016 yilgi Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov professional boksda qachon debyut qilishi ma’lum bo‘ldi. Do‘stmatovning ilk jangi joriy yilning 10 noyabr kuni Fuchjou shahrida bo‘lib o‘tadi.

Hasanboy Do‘smatovga xitoylik De Bin Chjou raqiblik qiladi. Ta’kidlanishicha, xitoylik bokschi professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, 3 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va bitta durang natija qayd qilgan.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘smatov 2016 yildagi Rio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U shuningdek, ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi ham hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Hasanboy do'smatov De Bin Chjou

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing