Habib Getji o‘rtasidagi jang tomoshabinlarsiz o‘tadigan bo‘ldi

Sport

image
Habib Nurmuhamedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang tomoshabinlarsiz o‘tadi. Bu haqda ESPN insayderi Brett Okamoto Twitter'dagi sahifasida e’lon qilgan
 
Okamotoning so‘zlariga ko‘ra, cheklangan miqdordagi chiptalarni sotishning dastlabki rejasi o‘z vaqtida tasdiqlanmagan. 
 
Endi turnirda faqat taklif etilgan mehmonlargina ishtirok etishadi.
 
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu- Dabidagi "Janglar oroli" da UFC 254 musobaqasi o‘tkaziladi.Turnirning asosiy voqeasi Nurmuhamedov va Getji o‘rtasidagi jang bo‘lishi kutilmoqda.
 
Avvalroq, UFC 254 turniri tomoshabinlar ishtirokida o‘tkazilishi mumkinligi, u holda, turnir pandemiya e’lon qilingandan keyin tomoshabinlarga ruxsat berilgan ilk musobaqa bo‘lishi xabar qilingandi. 
 
Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Habib va amerikalik Getji o‘rtasidagi jangni tomosha qilishini aytgandi.

Maqola muallifi

Teglar

habib getji

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar