AQSHda koronavirusdan norozi shaxs terakt sodir qilmoqchi bo‘ldi
Olam
−
26 mart 2020
6635Federal qidiruv byurosi (FQB) agentlari teraktga tayyorlangan shaxsni yo‘q qildi. U hukumat koronavirusga qarshi yetarlicha chora ko‘rmayotganidan norozi bo‘lgan. Bu haqda “Fox-4” xabar bermoqda.
Telekanal bergan ma’lumotga ko‘ra, Belton shahrida istiqomat qiluvchi 36 yashar erkak uni qo‘lga olish vaqtida otishma uyushtirgan. Oqibatda u og‘ir yaralangan va qoyea joyida vafot etgan.
FQB vakillarining so‘zlariga ko‘ra, "hukumatning koronavirus vaqtida masofani saqlash haqidagi iltimosidan norozi bo‘lgan” erkak mahalliy kasalxonani portlatishga tayyorgarlik ko‘rgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlariga u portlash moslamasini tayyorlash uchun materiallar yig‘a boshlaganligi haqida ma’lumot kelib tushgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 67759 nafar odam chalindi. 64 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1003 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi