AQSHning iqtisodiy inqirozga qarshi rejasi ochiqlandi

Olam

image

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Amerika hukumati tomonidan tayyorlangan misli ko‘rilmagan yordam choralari mamlakatning sustlashayotgan iqtisodiyotini oyoqqa turg‘izishga yordam beradi. Ammo retsessiyaning oldini olish endi mumkin emas.

Qo‘shma Shtatlar hukumati koronavirusdan jiddiy zarar ko‘rgan o‘z iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun 2 trillion dollar mablag‘ ajratishga qaror qildi. Amerika OAVga ko‘ra, Vakillar palatasi ushbu rejani yoqlab ovoz berdi. Oq uy esa Senatning ma’qullanishini ta’minladi. Yuqori palata o‘z qarorini bergan zahoti Prezident Donald Tramp hujjatga imzo qo‘yadi.

Davlat yordami, birinchi navbatda, aholiga, shuningdek, kichik va o‘rta biznesga qaratilgan.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu variant eng samarali choradir, chunki pullar tezda real sektorga kirib boradi. Ekspertlarning aytishicha, hukumat yordamining AQSH byudjetiga ta’siri taqchillik paydo bo‘lishida ifodalanadi.

Ko‘pgina mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘rilayotgan ushbu iqtisodiy chora-tadbirlar qisqa muddatda, albatta, foydali ekanligini isbotlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing