Tramp Saudiya shahzodasidan neft narxini xavfli darajaga tushirmaslikni so‘radi

Olam

image
FT: Joriy neft inqirozi 100 yillikdagi eng yomoni north_east

FT: Joriy neft inqirozi 100 yillikdagi eng yomoni

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondan neft narxini AQSH uchun xavfli bo‘lgan darajaga tushirmaslikni so‘radi. Bu haqda “Politico” nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Tramp bunday narxlar AQSH iqtisodiyotiga zarar yetkazishidan xavotirlangan. U joriy yilning 9 mart kuni Muhammad bin Salmon bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida neft narxini tushishiga qarshi emasligini aytgan. Biroq narxlarning bunchalik pastga "qulashi" Tramp uchun kutilmagan voqea bo‘lgan.

Amerika nashriga ushbu suhbat tafsilotlarini AQSH ma’muriyatining sobiq xodimi aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat keskin bo‘lmagan, ammo Oq uy rahbari tomonlar “bu masalada bir xil fikrda” ekanligiga ishonch hosil qilishni istagan. 

Shu bilan birga, "Rystad Energy" kompaniyasining katta tahlilchisi Paola Rodriges-Masju, Tramp Saudiya Arabistonini neft qazib olishni qisqartirishga ishontirishi mumkin, deb hisoblaydi. Agar qazib olish ishlari qisqarsa uning narxi ko‘tariladi. Tahlilchining fikricha, buning uchun AQSH ma’muriyati Saudiyaga AQSH uni doim qo‘llab-quvvatlaganini eslatishi kerak. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 mart kuni neft qazib olish hajmining nazoratda ushlab turgan "OPEK +" bitimi to‘xtatildi. Shundan so‘ng, Saudiya Arabistoni neft qazib olishni kuniga 12 million barrelga oshirish va zaxiralarni bozorga olib chiqish niyatini bildirdi. Natijada qora oltinning narxi rekord darajada tushib ketdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Saudiya Arabistoni Neft' Muhammad bin Salmon

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing