Jizzaxdagi AES qurilişida 2,2 mlrd dollarlik quriliş materiallari işlatiladi
O‘zbekiston
−
16:00 382 2 daqiqa
Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi qurilişida 2 milliard 200 million dollarlik quriliş materiallari işlatilişi közda tutilgan. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşuvda söz bordi.
Yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilangan.
Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi qurilişida 2 milliard 200 million dollarlik quriliş materiallari işlatilişi közda tutilgan. Şu bois, Egizbuloq mahallasidagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasi taşkil etiladi.
Bu yerda stansiya qurilişi uçun zarur 70 turdagi yangi mahsulotlarni işlab çiqariş vazifasi qöyilgan. Şuningdek, import örnini bosuvçi va megaloyihalarda qöllaniladigan mahsulotlar böyiça talabni tahlil qilib, 20 milliard dollarlik loyihalarning tarmoq jadvalini tasdiqlaş topşirilgan.
Kelasi yildan yuqori qöşilgan qiymatli yangi mahsulotlar işlab çiqariş loyihalari uçun ikki yillik imtiyozli davr bilan yillik 6 foiz stavkada 200 million dollar resurs ajratiladi.
Korxonalarda energiya tejovçi uskunalar xarid qiliş xarajatlarining 10 foizini, biroq 1 milliard sömdan oşmagan qismini qoplab beriş mexanizmi ham joriy qilinadi.
Pardozbop toşlar sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va çiqindilarni qayta işlaşga alohida e’tibor qaratilgan.
Mamlakatdagi 155 ta korxona yiliga 1 million tonna xomaşyo qazib olayotgan bölsa-da, uning 35-40 foizgaça qismi işlab çiqariş çiqindisi sifatida qolmoqda. Ayniqsa, Nurota, Ğozğon va Qöşrabotdagi konlar atrofida granit va marmar qoldiqlari töplangan.
Prezident rivojlangan davlatlar tajribasi asosida “nol çiqindi” tamoyilini keng joriy etiş zarurligini qayd etgan. Bunday xomaşyodan kompozit pol qoplamalari, sun’iy toş plitalar va marmar kukuni kabi mahsulotlar tayyorlaş mumkin.
Mutasaddilarga bir oyda tadbirkorlarni jalb etib, pardozbop toş konlari atrofida kamida 100 million dollarlik loyihalarni boşlaş topşirilgan.
Bundan buyon yangi pardozbop toş konlari “nol çiqindi” tamoyili asosida işlaş şarti bilan auksionga qöyiladi.
Live
Barchasi