Jizzaxda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
3-sahifa
−
06 Avgust 2022 12018 1 daqiqa
Bugun, 6 avgust kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ikkita yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa soat 04:14 larda G‘allaorol tumani 4R avtomobil yo‘lining “Ko‘kgumbaz” MFY Qorong‘ul qishlog‘idan o‘tuvchi 30-km.da yuz bergan. 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro S.L. “Gazel” rusumli yuk avtomobilda “G‘allaorol-Jizzax” yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro J.I. boshqaruvidagi fura bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng, “Gazel”da yong‘in chiqqan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun G‘allaorol tumani FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 04:31 da yong‘in joyiga yetib borgan va soat 04:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in natijasida har ikkala avtomobilining salon qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr