Dahshat! Jizzaxda IIB binosidan 7 kishining jasadi chiqdi
Jamiyat
−
20 noyabr 2019
61721Jizzaxda viloyati Zomin tumanida 7 nafar ishchi IIBga qarashli binoda is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi xabar berdi.
Kecha, 19 noyabr kuni Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasi binosida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi