Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Japarov Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etishni taklif qildi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyoda Shengen vizasiga o‘xshash yagona viza joriy etishni taklif qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Tojikiston bilan davlat chegarasi bo‘yicha imzolangan shartnomaga izoh berar ekan yozib qoldirdi.

Sadir Japarovga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari xorijliklar uchun yagona viza tizimini joriy etish jarayonini boshlashi lozim.

“Mintaqadagi barcha davlatlar o‘zaro chegaralar bilan bog‘liq masalalarni yakuniy hal qildi. Endi Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro vizasiz rejimni joriy etish jarayonini boshlashi va boshqa davlatlardan keladigan mehmonlar uchun barcha mintaqa davlatlari bo‘ylab erkin harakatlanishga imkon beradigan yagona viza tizimini ishlab chiqishi lozim. Bu Shengen vizasiga o‘xshash bo‘lishi mumkin”, deb yozdi Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, imzolangan kelishuv 19 mart kuni parlamentga ratifikatsiya uchun taqdim etiladi. Jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik uchun ratifikatsiyadan oldin hujjatning ko‘plab tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlari – Sadir Japarov va Imomali Rahmon Bishkekda davlat tashrifi doirasida o‘zaro chegara shartnomasini imzoladi va chegara o‘tish punktlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasining uzunligi 1006,84 kilometrni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

viza Markaziy Osiyo Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing