Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

DBQ tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga, xususan, Turkmaniston bilan oldi-sotdi qiluvchilarga eslatma bilan chiqdi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, Turkmaniston Respublikasida ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari bo‘yicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda.

2019 yilning 1 sentyabridan boshlab, ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlar haqida quyidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganda, Turkmaniston bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi.

•    yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;
•    tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;
•    tovarlarni tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;
•    transport vositasi va uning haydovchisi;
•    tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;
•    tovarlarning vazni va hajmi;
•    tovarlarni kodlash va nomlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘yicha tasniflangan kodi (TIF TN);
•    yuk o‘rinlarining umumiy soni;
•    tovarlar yo‘llangan manzil;
•    yo‘ldagi yuk operatsiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hk..);
•    tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yo‘nalishi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston DBQ

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing